- 3
- 17.03.2025 21:32:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi mehmonxonalarning biri oldida janjal sodir bo‘lgani, oqibatda bir kishi og‘ir jarohat olib, komaga tushgani haqida xabarlar va holat aks etgan videolar tarqaldi.
Aniqlanishicha, holat 16-mart tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida sodir bo‘lgan. Mijoz sifatida kelgan 1995-yilda tug‘ilgan A.SH. 1985-yilda tug‘ilgan tanishi X.A. bilan o‘zaro janjallashgan. 1990-yilda tug‘ilgan B.A. ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.SH. uni urib, tan jarohati yetkazgan. Erkak olgan jarohati oqibatida vafot etishi yoki bir umr nogiron bo‘lib qolishi mumkinligi aytilgan. Unga “bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaxarlanish” tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasida tergov ishlari olib borilmoqda.