Shvetsiyada Qur’on yoqish bilan tanilgan erkak otib o‘ldirildi

Shvetsiyada Qur’on yoqish bilan tanilgan erkak otib o‘ldirildi
  • 4
  • 31.01.2025 12:27:00
  • 1 daq o'qish

 

Qur’onni bir necha bor yoqqani ortidan tanilgan iroqlik qochqin va islom dini tanqidchisi 38 yoshli Salvan Momika Shvetsiyadagi uyida otib ketildi. Uni 29-yanvar kuni TikTok’da jonli efir olib borayotgan paytida otib o‘ldirishgan.
Salvan Momika Qur’on yoqish aksiyalaridagi ishtiroki bilan tanilgandi. U va uning sherigi Salvan Najim 2023-yilda to‘rt marta Qur’on nusxalarini yoqish aksiyalarini o‘tkazganidan keyin, irqiy nafrat qo‘zg‘atishda ayblangandi. 30-yanvar kuni unga Qur’on yoqish orqali odamlar orasiga nizo solish ishi bo‘yicha hukm o‘qilishi kerak edi. 
Iroqda uning boshi uchun ikki million dollar miqdoridagi mukofot va ikki kilogramm oltindan tayyorlangan Qur’on va’da qilingandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News