
- 0
- 20.09.2025 11:37:00
- 1 daq o'qish
24-avgust tongida Samarqand shahridagi “Navbog‘chiyon” va “Bo‘ston” mahallalari raislari ikki shaxsning shubhali harakatini payqab, ichki ishlar organlariga xabar berdi. Erkak va ayol bolalar aravachasida qabriston tomon ketayotganida, aravachadagi qop ichidan jasad topildi.
Tekshiruvda fuqaro o‘z pochchasini o‘ldirib, jasadni qabristonga yashirishga uringani aniqlangan. Ichki ishlar xodimlari voqeani fosh qildi. Mahalla raislari Adham Rahimov va A’zam Ostonqulov hushyorligi uchun ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.