Namanganda erkak IIBdagi qiynoqlar sabab talog‘idan ayrildi

Namanganda erkak IIBdagi qiynoqlar sabab talog‘idan ayrildi
  • 0
  • 28.08.2025 16:13:00
  • 1 daq o'qish

Namangan viloyatida 31 yoshli Abdulahat O‘rmanov ikki kun IIBda saqlangach, og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan. Unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, qora talog‘i olib tashlangan. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi. Tashanovning ma’lum qilishicha, 14-avgust kuni uchastka noziri va boshqa xodimlar O‘rmanovni qiynoqqa solgan. Keyinchalik unga “mayda bezorilik” ayblovi qo‘yilgan, biroq sud bu ishni rad etgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News