- 0
- 18.04.2025 12:50:00
- 1 daq o'qish
Keniyada erkak to‘ydan uchayotgan vertolyotga mindirishmagani uchun unga osilib hammani hayratga soldi. Ouma ismli 28 yoshli erkak vertolyotga osilib, yuzlab fut balandlikda uchdi. Uchuvchi uni payqagach, yaqin joyga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha u avvaliga vertolyotga minishni so‘ragan, lekin, uning xohishi bajarilmagandan keyin, vertolyotga osilishni tanlagan.
Ouma o‘z hayoti va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblanib, hibsga olingan.