
- 2
- 26.04.2025 14:22:00
- 1 daq o'qish
Turkiyalik 67 yoshli erkak miyasiga qon quyilib operatsiya qilinganidan keyin o‘z tilini unutib, daniyacha gapira boshladi.
U o‘tgan haftada tizzasini operatsiya qildirgan va ikki kundan so‘ng falaj bo‘lib, gapirolmay qolgan. Shoshilinch tekshiruvdan o‘tkazilgach, shifokorlar uning miyasida qon quyilishga o‘xshash holatni aniqlashgan. Muvaffaqiyatli muolajadan so‘ng erkak turk tilini unutib, daniyacha gapira boshlagan. U turk tilini tushunadi, lekin gapira olmaydi. Shifokorlar chet til sindromi yoki tilni tiklash deb nomlanuvchi ushbu hodisa miya shikastlanishi til markazlariga boshqacha ta’sir qilganidan paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, erkakning turkcha nutq qobiliyati vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qayta tiklanishi mumkinligini aytishgan.