
- 1
- 21.06.2025 13:39:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak echkiemar og‘ziga nos solib, shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqalgandi. Holat 1-iyun kuni Buxoroda sodir bo‘lgan. Erkak O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘z echkiemarni avvaliga urib qo‘lga olgan va og‘ziga nos solgan. Erkak echkiemarni o‘ldirmaganini, u 10-15 daqiqa xushsiz holatda qolib keyinchalik yurib ketganini bildirdi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib qonuniy yengillik berilishini so‘radi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari ya’ni 1,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.