
- 4
- 20.03.2025 14:28:00
- 1 daq o'qish
Irlandiyada 59 yoshli erkak shifokor tavsiyasiga binoan ko‘p miqdorda suv ichib, suv intoksikatsiyasidan vafot etdi. Bu kasallik tibbiyotda giponatriyemiya deb ataladi.
Yetarli miqdorda suv ichish sog‘liq uchun muhim bo‘lsa-da, ortiqcha va tez-tez suv ichish qon tarkibidagi natriy darajasini pasaytirishi mumkin. Agar uning darajasi pasaysa, suv tana hujayralari ichida va atrofida to‘plana boshlaydi. Bu esa hujayralarning shishishiga sabab bo‘ladi. Jarayon ayniqsa bosh miya uchun xavfli, chunki bosh suyagi qattiq bo‘lgani uchun kengaya olmaydi. Mutaxassislar bir soat ichida 1,4 litr suv (taxminan olti stakan) ichish bu holatni keltirib chiqarishini aytmoqda.