Qashqadaryoda er xotinini ayovsiz kaltakladi

Qashqadaryoda er xotinini ayovsiz kaltakladi
  • 0
  • 04.08.2026 18:17:00
  • 1 daq o'qish

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida er qonuniy nikohidagi xotinini kaltaklab, unga og‘ir tan-jarohatlari yetkazdi. Aniqlanishicha, er-xotin o‘rtasida muntazam kelishmovchiliklar kuzatilib, hatto mahalla “yettiligi” tomonidan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida profilaktik choralar ham ko‘rilgan. Xususan, ayol uchun himoya orderi rasmiylashtirilib, ular yashab turgan xonadonga pultli qo‘riqlash signalizatsiyasi o‘rnatilgan. Biroq, barcha o‘tkazilgan profilaktik suhbat va ogohlantirishlarga qaramay, ushbu janjallar yana davom etib kelgan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News