Ayollarni “urg‘ochi”, san’atkorlarni esa “shaytonning jarchilari” deb atagan erkak qo‘lga olindi

Ayollarni “urg‘ochi”, san’atkorlarni esa “shaytonning jarchilari” deb atagan erkak qo‘lga olindi
  • 0
  • 06.08.2026 17:30:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Jetisay tumanida to‘yda bahsli nutq so‘zlagan 66 yoshli erkak qo‘lga olindi.
U to‘ydagi chiqishida musiqani tanqid qilib, xonanda va sozandalarni “shaytonning jarchilari” deb atagan. Shuningdek, ayollarni “urg‘ochi” deb haqorat qilgan hamda to‘ylarda erkaklar va ayollar alohida o‘tirishi kerakligini aytgan. Uning to‘ydagi nutqi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar erkakni qo‘lga olib, unga nisbatan diniy va ijtimoiy adovat qo‘zg‘atish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News