Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi
  • 1
  • 19.04.2025 10:31:00
  • 1 daq o'qish

18-aprel kuni Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs kelib, to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan xodimdan pul talab qilgan. Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelishganida, jinoyatchi markaz oynasini sindirib qochishga uringan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida erkak qo‘lga olingan. Unga tegishli bo‘lgan buyum o‘yinchoq to‘pponcha ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News