AQSHda ayolni o‘g‘irlashga uringan erkak hibsga olindi

AQSHda ayolni o‘g‘irlashga uringan erkak hibsga olindi
  • 0
  • 06.09.2025 08:05:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Merilend shtatida 31 yoshli erkak o‘ziga tanish ayolni qurol bilan qo‘rqitib, mashinasiga mindirgan. Politsiya avtomobilni kuzatib borgan paytda ayol jasorat qilib, harakatlanayotgan mashinadan sakrab tushib, politsiyaga yordam so‘ragan. Shundan keyin erkak qo‘lga olgan. Mashinadan qurol topilgan. Erkakka odam o‘g‘irlash va boshqa bir nechta jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Hozirda u hibsda saqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News