
- 4
- 15.03.2025 08:48:00
- 1 daq o'qish
Malayziya O‘zbekistonda 3 va 4 g‘ildirakli ixcham elektromobil ishlab chiqarish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning Malayziyaning Pro Events and Marketing Sdn Bhd kompaniyasi boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuvida aytilgan.
Elayne Txam dastlab yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta, keyinchalik 10 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilayotganini bildirgan.
Qayd etilishicha, skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish O‘zbekistonda aholiga yetkazib berish xizmati sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin.