Qozog‘iston janubida salkam 5 balli zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘iston janubida salkam 5 balli zilzila sodir bo‘ldi
  • 0
  • 09.07.2025 11:04:00
  • 1 daq o'qish

 

8-iyul kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida kuchli zilzila yuz berdi. Mahalliy aholi yer silkinishini 6 ball darajasida his qilgan. Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markaziga ko‘ra (https://emsc-csem.org/Earthquake_information/earthquake.php?id=1829567),  Jambil viloyatida 4,6 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, talofatlar yoki uylarning qulagani haqida ma’lumot yo‘q. biroq, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi uylar zarar ko‘rgani aks etgan videolar tarqalgan.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News