Makron prezidentlikdan chetlatiladi

Makron prezidentlikdan chetlatiladi
  • 6
  • 18.09.2024 08:48:00
  • 1 daq o'qish

Fransiya parlamenti Makronni hokimiyatdan chetlatish loyihasini ma’qulladi. Makron parlament saylovlarida ularning koalitsiyasi g‘alaba qozonganiga qaramay, hukumat tuzilishida so‘llarning ishtirokini rad etganidan keyin “Yengilmas Fransiya” so‘l partiyasi Makronni hokimiyatdan chetlatish taklifi bilan chiqqan.
Endi rezolyutsiya 73 deputatdan iborat qonunchilik komissiyasi tomonidan ma'qullanishi, so‘ng u ikki hafta ichida Milliy Assambleyaning uchdan ikki qismi (385 deputat) tomonidan qabul qilinishi va parlamentning har ikki palatasi umumiy yig‘ilish o‘tkazib, mazkur rezolyutsiyani 925 nafar deputatdan kamida 617 nafari qo‘llab-quvvatlasa, Makron zudlik bilan prezidentlikni tark etishi kerak bo‘ladi. Hozirda 300 mingdan ortiq odam Makronning iste'fosini talab qilgan petitsiyaga imzo chekkan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News