
- 0
- 19.09.2025 08:17:00
- 1 daq o'qish
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va rafiqasi Brijit AQShda amerikalik jurnalist Kendis Ouensga qarshi tuhmat ishi ochdi. Ouens Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblanmoqda. Makronlar sudga Brijit Makron ayol ekanini tasdiqlovchi fotosuratlar va ilmiy dalillarni taqdim etishni rejalamoqda. Ularning advokati Tom Kler sud jarayonida bu ma’lumotlarni batafsil isbotlashlarini aytdi.
218 sahifalik da’vo Delaver shtatida berilgan bo‘lib, Makronlar Ouensning yolg‘on va tuhmatli ma’lumotlari uchun javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.