
- 0
- 25.07.2025 08:44:00
- 1 daq o'qish
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va rafiqasi Brijit Makron AQShlik bloger Kendis Ouensni tuhmat qilganlikda ayblab, sudga murojaat qilishdi.
Ouens ijtimoiy tarmoqlarda Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilganini da’vo qilgan va bu haqda bir necha podkast ham chiqargan. Unga ko‘ra, Fransiyaning birinchi xonimi Jan-Mishel Trone (aslida akasi shunday ismda tug‘ilgan) ismi bilan dunyoga kelgan. Biroq, bu nazariya hech qanday tasdiqqa ega emas. Makronlar oilasi bunday gaplar yolg‘on va uydirma ekanini ta’kidlashmoqda.
Er-xotin blogerga bir necha bor bu tuhmatlarni to‘xtatishni so‘rashgan, ammo u davom ettirgani uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan. Sud da’vosi AQShning Delaver shtatida ko‘rib chiqiladi.