
- 5
- 13.09.2024 16:40:00
- 1 daq o'qish
Ikki fransuz ayol Emmanuel Makronning rafiqasi Brijitga erkak bo‘lib tug‘ilgani haqida mish-mish tarqatib unga tuhmat qilgani uchun jarimaga tortildi. Ayol ustidan sud jarayoni 2024-yil iyun oyida boshlangan. 2022-yil ular Brijit erkak bo‘lib tug‘ilganini va uning haqiqiy ismi Jan-Mishel ekanini isbotlovchi videoni chiqargan va bu Fransiyaning birinchi xonimida norozilik uyg‘otgan. Sud yakunida Makronning rafiqasiga tuhmat qilingani aytilib u ayol ekani tasdiqlandi va tuhmat qilgan ayollarga 13,5 ming yevro miqdorida jarima jazosi tayinlandi.