
- 0
- 27.05.2025 11:58:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Makronning Vyetnamda samolyotdan tushayotgan paytda rafiqasidan “shapaloq yegani” aks etgan video virus kabi tarqalib, trendga aylandi.
Makron ushbu videoga izoh berar ekan, bu voqeani hazilomuz lahza sifatida tasvirladi va uni jiddiy qabul qilmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oddiy er-xotin o‘rtasidagi kulgili hazil bo‘lib, uni siyosiy yoki boshqa ma’nolarga yo‘yish noto‘g‘ri. Makron, shuningdek, bu kabi videolarning noto‘g‘ri talqin qilinishi va noto‘g‘ri axborot tarqatilishiga qarshi chiqdi.