“Qiymali makaron”

  • 5
  • 08.07.2023 13:41:00
  • 2 daq o'qish

Makaronni sevuvchilar uchun “Lazzat dunyosi” dan tez va oson tayyorlanadigan yangicha “Qiymali makaron” retsepti😍

🧄Masalliqlar:
• ½ qalamchali makaron 250 gr;
• 2 osh qoshiq zaytun yog‘i;
• 250 gr maydalangan mol go‘shti;
• 1 ta piyoz;
• 1 ta sarimsoq;
• 1 osh qoshiq tomat pastasi;
• 1 stakan maydalangan pomidor 200 ml;
• 1 stakan issiq suv 200 ml;
• 1 choy qoshiq tuz;
• 1 choy qoshiq maydalangan qalampir;
• 1 choy qoshiq murch;
• 2 stakan makaron qaynatilgan suv

🍲Tayyorlanishi:

•  Qiymali sous uchun katta tovaga zaytun yog‘ini olib, qizdirilgandan keyin qiyma solib qovurishni boshlang. Qiyma jigarrangga kirganda, mayda kubik shaklida to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoq qo‘shing.
•  3-4 daqiqadan so‘ng tomat pastasini qo‘shing va qiyma bilan birlashguncha aralashtiring. 1-2 daqiqa davomida shunday pishiring.
•  So‘ngra pomidorli pyure, issiq suv, ziravorlar, tuz qo‘shing va aralashtiring. Qopqoqni yopib, past olovda 10 daqiqa davomida pishiring.
• Sous pishayotganda, paketdagi ko‘rsatmalarga muvofiq spagetti makaronini qaynatib oling. Qaynayotgan suvga 1 choy qoshiq tuz qo‘shing. Qaynayotgan suvdan 2 stakan sousga qo‘shish uchun chetga olib qo‘ying.
• Sousning meyorda qaynaganini tekshirgandan so‘ng, olib qo‘ygan qaynoq suvdan 2 stakan qo‘shing va sekin aralashtiring.
•  Qaynatilgan makaronini qiymali sous bilan yaxshilab aralashtirib ozgina pishirib olamiz.

Qiymali makaronimiz tayyor😍

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News