Tushlik tayyor🥰

Tushlik tayyor🥰
  • 8
  • 10.10.2026 18:33:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
0,5 kg mol go‘shti
1 dona kartoshka
1 dona sabzi
1 dona piyoz
1 dona qizil bulg‘or qalampiri
1 dona yashil bulg‘or qalampiri
200 gr yog‘
1 osh qoshiq tomat pasta
biroz tuz va paprika
2 osh qoshiq marjimak
2 osh qoshiq goroh
2 osh qoshiq perlovka
2 osh qoshiq konservalangan ko‘k no‘xat va makkajo‘xori
1 dona pomidor
2 dona sarimsoq

Tayyorlanishi
Birinchi hamma masalliglar kubik shaklida to‘g‘raladi. Yog‘siz mol go‘shti qiymasiga qirg‘ichdan chiqarilgan piyoz, tuz va ziravorlar solinib, aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan qiyma kichik dumaloq shakllarga keltirilib, qizigan yog‘da qovuriladi. Keyin yog‘dan olinib, piyoz va bulg‘or qalampirlari qovuriladi. Keyin, tuz, paprika va tomat pastasi qo‘shiladi. Yaxshi qovurilgandan so‘ng, qaynoq suv va qiymali koptokchalar solinadi. Barcha dukkakli mahsulotlar yaxshilab yuvilib, ovqatga qo'shiladi. Ovqat qaynab pishgach, konservalangan ko‘k no‘xat va makkajo‘xori qo‘shiladi. Tushlik tayyor!

Yoqimli ishtaha❤🧑‍🍳

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News