Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi

Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi
  • 5
  • 14.09.2023 11:34:00
  • 1 daq o'qish

Tashrifning asosiy qismini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar tashkil etadi. 

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 14 sentabr, payshanba kuni Rossiyaga tashrif bilan jo‘nab ketdi.

Lukashenko u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borish niyatida. Bu haqda Lukashenkoning matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan «Pul Pervogo» telegram-kanalida xabar berildi. 

Xabarda aytilishicha, tashrifning asosiy qismini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar tashkil etadi. 

Qayd etilishicha, muzokaralarning asosiy mavzulari «xalqaro kun tartibi va mintaqaviy muammolar, iqtisodiyot, xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi qo‘shma vazifalar» bo‘ladi.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News