Uzun soqol ayol

  • 2
  • 12.02.2025 10:29:00
  • 1 daq o'qish

AQShda 38 yoshli Erin Xonikatt eng uzun soqol va mo‘ylovli ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning mo‘ylovi 31 sm, soqoli esa 30 sm. Ayolning soqoli 13 yoshida “polikistik tuxumdon sindromi” deb ataladigan kam uchraydigan kasallik tufayli o‘sa boshlagan. Ilgari, ayol kuniga kamida uch marta soqolini olgan. Bir necha yil oldin u insult tufayli ko‘rish qobiliyatining bir qismini yo‘qotgan. Keyinroq shifokorlar Erinda bakterial infeksiya borligini aniqlagan va uning oyog‘ini kesib tashlagan. Shundan keyin u har kuni soqolini olishga qiynalgan va bu soqol o‘stirishga turtki bo‘lgan. U oxirgi ikki yildan ortiq vaqt davomida soqolini olmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News