Lola Karimova otasining tanqidchilarini “zakaznoy alkash”lar deb atadi

Lola Karimova otasining tanqidchilarini “zakaznoy alkash”lar deb atadi
  • 0
  • 03.09.2025 14:50:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva otasining vafotiga 9 yil to‘lishi munosabati bilan Instagram’ga joylagan postida, Karimovning dono siyosati va qat’iy rahbarligi tufayli O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlar, jumladan, Suriya boshidan kechirgan fojialardan asrab qolinganini aytdi. 
Karimova otasining tarixiy qarorlari vaqt o‘tishi bilan yanada to‘g‘ri baholanayotganini ta’kidladi va uni bugun ham ezgu xotira bilan yod etayotganlarga minnatdorlik bildirdi. Otasining obro‘sini tushirishga qaratilgan tanqidlarni esa “buyurtma qilingan hujumlar” deb atadi.
Shuningdek, u otasining hatto shaxsiy hayotga doir maslahatlarida ham naqadar haq bo‘lganini endi chuqurroq anglayotganini qayd etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News