Zarafshon ko‘chalarini chigirtka bosdi

  • 0
  • 12.06.2025 13:03:00
  • 1 daq o'qish

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida chigirtkalar ko‘payib ketgani kuzatilmoqda. Shaharning ayrim ko‘chalarida hasharotlar to‘planib qolgan, bu esa aholi harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda chigirtkalar turar-joy binolari peshtoqlari, yo‘laklar va avtomobillar ustida ko‘plab to‘plangani aks etgan. Guvohlarning aytishicha, mashina g‘ildiraklari va panjaralariga ham chigirtkalar yopishib qolgan.

Hozircha sanitariya va ekologiya xizmatlari bu holat yuzasidan rasmiy izoh bergani yo‘q. Aholi esa vaziyatga tez orada yechim topilishiga umid bildirmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News