“Liverpul” hujumchisi 28 yoshida vafot etdi

“Liverpul” hujumchisi 28 yoshida vafot etdi
  • 0
  • 04.07.2025 08:13:00
  • 1 daq o'qish

 

“Liverpul”ning portugaliyalik hujumchisi, Diogu Jota YTH oqibatida vafot etdi, deya yozmoqda Marca.
Qayd etilishicha, 28 yoshli hujumchi Ispaniyaning Zamora provinsiyasida 26 yoshli ukasi Andre bilan ketayotgan mashina boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yonib ketgan va futbolchi halok bo‘lgan.
Jota faoliyati davomida ikki karra Angliya chempioni (2020/21 va 2021/22 yillar mavsumi), Angliya Kubogi sohibi (2021/22), Angliya Superkubogi egasi (2022), Chempionlar ligasi g‘olibi (2018/19) bo‘lgan, shuningdek UYeFA Superkubogi (2019) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida (2019) g‘olib chiqqan.
3 ta farzandni otasi bo‘lgan Jota 5 kun avval rasmiy nikohdan o‘tgandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News