Avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar ro‘yxati e’lon qilindi

Avariyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar ro‘yxati e’lon qilindi
  • 2
  • 09.09.2026 10:22:00
  • 1 daq o'qish

2026-yil avgust oyida “Trujillo Gonsales” yuridik firmasi avtomobilda tinglash uchun mo‘ljallangan 30 ta Spotify pleylistini tahlil qilib, ularda eng ko‘p uchragan 50 ta qo‘shiqni o‘rgandi.
Tahlilga ko‘ra, daqiqasiga 120 martadan yuqori ritmga ega qo‘shiqlar tezlikni oshirish, haydovchi diqqatining pasayishi va rulda ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq.

Eng yuqori ritmli beshta qo‘shiq:

🔹 Ed Shiran — “Shape of You” — 192 BPM;
🔹 Oasis guruhi — “Wonderwall” — 173 BPM;
🔹 The Kid LAROI va Jastin Biber — “STAY” — 169 BPM;
🔹 Billy Idol — “Rebel Yell” — 166 BPM;
🔹 Blondie guruhi — “One Way or Another” — 162 BPM.

“Shape of You” 30 ta pleylistning 24 tasida uchragan va Spotify’da 5 milliard martadan ortiq tinglangan.
Tadqiqot barcha qo‘shiqlarni qamrab olmagan. Unda faqat 30 ta avtomobil pleylistida eng ko‘p uchragan 50 ta trek tahlil qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News