
- 0
- 02.06.2025 09:24:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq, Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazilgan LikeCup Futbol turniri doirasida san’atkorlar va blogerlar o‘rtasida ommaviy janjallashgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirib, 2004 yilda tug‘ilgan O.O‘. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini ko‘paytirish va ushbu o‘yinga ommani e’tiborni yanada ko‘proq jalb qilish (piar) maqsadida go‘yoki jamoalar o‘rtasida janjal kelib chiqqanini sahnalashtirishganini ma’lum qildi. Ichki ishlar organlari holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazib turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat olib bordi. Jamoatchilik e’tirozlari sababli LikeCup loyihasi vaqtincha to‘xtatildi.
Janjalni uyushtirgan va unda ishtirok etganlarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tuman sudiga yuborildi.