
- 0
- 20.05.2026 15:48:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 19-may kuni Centrum Air C6089 Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotni chaqmoq urganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, ushbu havo kemasi texnik xizmat ko‘rsatishga yuborilib, uning o‘rniga bort sig‘imi kichikroq bo‘lgan Airbus A320 samalyoti tayinlangan. Oqibatda, 40 nafar yo‘lovchi mazkur reys bilan ucha olmagan. Yo‘lovchilarga chipta narxini to‘liq qaytarish yoki eng yaqin bo‘sh reysga qayta band qilish imkoniyati taklif qilingan. Shuningdek, kutish vaqti uzoq davom etgan yo‘lovchilar aviakompaniya hisobidan mehmonxonaga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni Centrum Air’ning Toshkent—Guanchjou—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi samolyotini ham chaqmoq urib, havo kemasi zudlik bilan parvozlardan chetlashtirilgandi.