O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75 yoshdan oshdi

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75 yoshdan oshdi
  • 0
  • 24.05.2025 18:26:00
  • 1 daq o'qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 74,7 yoshni tashkil etgan bo‘lib, bir yil ichida 0,4 yilga oshgan.
Umr ko‘rish davomiyligi yildan-yilga barqaror o‘sib bormoqda. Masalan, 1991-yilda bu ko‘rsatkich 66,4 yosh bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib 70,8 yoshni, 2010-yilda 73 yoshni tashkil etgan. So‘nggi yillarda bu raqam yanada ortib, 2024-yilga kelib 75 yoshdan oshdi.
Bu o‘zgarishlar sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va turmush sharoitlaridagi yaxshilanishlar bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvar holatiga ahol

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News