
- 6
- 25.12.2024 17:15:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan 01 888 BBB avtomobil raqami auksionning butun tarixida o‘z qiymati bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Mazkur avtoraqam dastlab 337 million 500 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan. Auksion oxirida esa bu avtoraqamning narxi 965 million 250 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Ushbu avtoraqam uchun komissiya to‘lovi 48,7 million so‘m, garov 33,75 million so‘mni tashkil etadi. To‘lovni hisobga olgan holda yakuniy qiymat 1 milliard 14 million so‘mni tashkil etdi.
📱 Telegram (https://t.me/casiauz) 📸 Instagram (https://www.instagram.com/casiauz/) 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/casiauz) ▶️ YouTube (https://www.youtube.com/@CasiaUZ/videos)