
- 10
- 05.09.2024 16:31:00
- 1 daq o'qish
Endilikda saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zolari fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov byulletenini bergan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki hisobotda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.