
- 5
- 16.03.2024 16:10:00
- 1 daq o'qish
Prezident imzolagan qonunga ko‘ra, dronlardan noqonuniy foydalanish uchun avval maʼmuriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. Avval to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ilk marta bunday harakat sodir qilinsa, shaxs BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 800 ming so‘mgacha) miqdorda jarima to‘laydi.
Bunday harakat takrorlansa, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha) miqdorda jarima to‘lanadi va 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.