
- 10
- 09.11.2024 11:04:00
- 1 daq o'qish
Robert Levandovskiy “Barsa” bilan shartnomasini uzaytirish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Kataloniya klubi 36 yoshli polshalik forvard bilan amaldagi shartnomadagi tegishli variant bo‘yicha yana bir yilga shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Futbolchining o‘zi ham “Barselona”da baxtli va klubni tark etish niyatida emas. Shu bilan birga, hujumchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishga ham tayyor.
Joriy mavsum Robert Levandovskiy La Ligada 12 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.