Limonli shirinlik

  • 3
  • 26.07.2023 09:42:00
  • 1 daq o'qish

Biz yoz fasliga mos Limonli shirinlik bilan sizlarni xursand qilmoqchimiz. Ushbu retseptni daftarchangizga yozib olishni unutmang. 

Kerakli masalliqlar:
🥛200 gr qaymoq;
🍚4 osh qoshiq shakar;
🍶3 osh qoshiq limon kislotasi; 
🥄1 choy qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan limon po‘stlog‘i; 
🥄1 choy qoshiq vanilin; 
🍋3 ta limon.

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

🥣Qozonga qaymoq, shakar va qirg‘ichdan o‘tkazilgan limon po‘stlog‘ini soling. 🫕Qaynab chiqquniga qadar biroz aralashtiring, qaynagach yana 3-4 daqiqa aralashtirishda davom eting. 
Shakar eriydi va qaymoq quyuq holatga keladi. Aralashmani gaz plitadan olib limon kislotasi va vanilin qo‘shib aralashtiring.  
🍋Agar limon po‘stlog‘ini aralashmaning ichida bo‘lishini xohlamasangiz, kremni elakdan o‘tkazing. 🌬1-2 daqiqa sovushini kuting. 🥄Ichi olingan limon po‘stlog‘iga tayyorlab olgan kremimizni solib, bir-ikki soat muzlatkichda saqlaymiz. 🍽Agar limon po‘stloqlarida dasturxonga tortishni istamasangiz, biror bir o‘zingiz istagan idishlardan foydalanishingiz mumkin. 

Yoqimli ishtaha😋 

Postimiz sizlarga ma’qul kelgan bo‘lsa, yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News