
- 6
- 07.07.2023 08:06:00
- 1 daq o'qish
Livan hududidan 6-iyul kuni Isroil tomon ikki raketa uchirildi va bu Isroil harbiylarining transchegaraviy zarbalariga sabab bo‘ldi.
Hodisa Isroil bosib olingan G‘arbiy Sohilda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik harbiy amaliyotlardan birini, falastinliklar joylashgan Jeninga hujum qilishi fonida yuz berdi.
Livandagi uch xavfsizlik manbasi Isroilga ikkita raketa uchirilganini aytgan. Ulardan biri Livan hududiga, ikkinchisi esa chegaradagi bahsli hududga yaqin joyda qulagan.
Avvaliga Isroil harbiylari chegarada noodatiy voqea kuzatilmaganini aytgan. Keyinchalik ular snaryad tushgani, hech qanday zarar ko‘rilmagani haqida xabar bergan.
“Bunga javoban Isroil armiyasi snaryad uchirilgan Livan hududiga zarba berdi”, — deydi Isroil tomoni.
Manba: daryo.uz