O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillari qayta sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillari qayta sinovdan o‘tkaziladi
  • 0
  • 05.04.2025 18:09:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillarini sertifikatsiyalashdagi muammolar tufayli importga qo‘yilgan cheklov qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 
Gap shundaki, Leapmotor C16 modelida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan elektromagnit shovqin darajasi aniqlangan va 2-aprel kuni Leapmotor avtomobillarini sertifikatlash uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatilgan. Shu sababli, Yaqin kunlarda ushbu kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonga kelib, mashina sinovi qayta o‘tkaziladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News