
- 0
- 29.07.2025 16:11:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi ariqlarda neft oqayotganini aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat Bo‘ston tumanidagi “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ korxonasida yuz bergan avariya oqibatida kelib chiqqan. Neftni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan nosozlik sabab modda ariqqa sizib chiqqan.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat o‘rganilmoqda. Ayni paytda oqish bartaraf etilgan. Korxonaga nisbatan tekshiruv ishlari boshlangan.