Lazizbek Mirzayev La Ligaga o‘tdi.

Lazizbek Mirzayev La Ligaga o‘tdi.
  • 12
  • 19.12.2024 15:12:00
  • 1 daq o'qish

Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubiga transfer qilindi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi matbuot xizmatiga ko‘ra, Lazizbek Mirzayev faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. Yosh futbolchi “Leganes” klubiga transfer qilindi. Bugungi kunda u O‘zbekiston U-17 terma jamoasida sardorlik qilmoqda. Qayd etish joiz, mazkur klub La Liga musobaqasining 16-turidan keyin 15 ochko to‘plab, 17-o‘rinni egallab turibdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News