
- 11
- 12.11.2024 16:39:00
- 1 daq o'qish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov Donald Trampning maktablarda LGBT targʻibotini moliyalashtirishni toʻxtatish haqidagi soʻzlariga izoh berdi va bu sohadagi har qanday targʻibotni taqiqlovchi qonun loyihasini Oʻzbekistonda ishlab chiqish haqida gapirdi.
Trampning ta’kidlashicha, federal mablag‘lar bolalarni maktablarda noto‘g‘ri munosabatlar va “transgender aqldan ozish” haqida o‘rgatish uchun endi foydalanilmaydi. Trampning ushbu fikriga javoban Alisher Qodirov Oʻzbekistonda ham LGBT targʻibotini taqiqlash boʻyicha qonun qabul qilish ustida ishlanyotganini bildirdi va tez orada qonunchilikda mustahkamlanishi mumkinligini aytdi.