“Qiymali o‘rama lavash”

  • 5
  • 13.11.2023 15:15:00
  • 1 daq o'qish

🫔Bugun barchaga birdek yoqadigan, tez va oson tayyorlanadigan  “Qiymali o‘rama lavash” retseptini sizlarga taqdim etamiz.

🧀Masalliqlar:

🥩Qiyma;
🧅Piyoz;
🫓Lavash xamiri;
Mayonez;
🧀Pishloq;
🍶Yog;
🧂Ta’bga ko‘ra tuz ziravorlar;


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni tovoga yog‘ solib, qiymani qovurishdan boshlaymiz.
Qovurilgandan keyin piyozni solib, qovurishda davom etamiz.
5 daqiqadan so‘ng pomidor qo‘shib pishirishda davom ettiramiz.
Lavash xamirini ochib xohishga qarab sariyog‘ yoki mayonez surtib, tayyor bo‘lgan qiymali aralashmani solib, bir tekis qilib yoyib chiqamiz va ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solamiz.
Xamirni o‘rab chiqamiz va bo‘laklarga bo‘lamiz.
Ustiga tuxumning sarig‘ini surtib, kunjut sepamiz va 180 gradusda duxovkada 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News