Dunyodagi eng katta aeroport

Dunyodagi eng katta aeroport
  • 0
  • 19.09.2025 07:55:00
  • 1 daq o'qish

Vyetnamda dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri qurilmoqda. Long Thanh xalqaro aeroporti 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 5 000 gektar maydonda joylashgan va taxminan 13 milliard dollar (336 trillion VND) qiymatga ega bu loyiha uchta terminal hamda to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi. Asosiy zal 82 metrli lotus shaklidagi shisha tom bilan bezatiladi.

Yangi aeroport yiliga 100 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi, hozirgi Tan Son Nyat aeroportini bosqichma-bosqich almashtirishi kutilmoqda. 2035-yilgacha yana bir terminal va qo‘shimcha yo‘lak qurilishi ham rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News