Sudanda ko‘chki mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Sudanda ko‘chki mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi
  • 0
  • 02.09.2025 11:32:00
  • 1 daq o'qish

Sudanning Marra tog‘larida 31-avgust kuni kuchli yomg‘irlardan keyin ko‘chki yuz berdi. Oqibatda mingdan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda. Ozodlik harakati rahbari Abdulvahid Muhammad Nurga ko‘ra, qishloq butunlay vayron bo‘lgan va faqat bitta odam tirik qolgan. Tashkilot BMT va xalqaro gumanitar tashkilotlardan yordam so‘ramoqda. Ko‘chki qurbonlari orasida urushdan qochib bu hududga kelib yashayotganlar ham borligi aytilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News