Lamin Yamalning tug‘ilgan kun oqshomi tanqidlarga uchradi

Lamin Yamalning tug‘ilgan kun oqshomi tanqidlarga uchradi
  • 1
  • 05.08.2025 09:53:00
  • 1 daq o'qish

“Barselona” klubining yosh hujumchisi Lamin Yamal 18 yoshga to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazgan tug‘ilgan kun oqshomi borasida janjal yuzaga keldi. Vandallar futbolchining superqahramon obrazidagi muralini buzib, unga “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmidagi gnomlarni chizishdi. Bunga Yamalning tug‘ilgan kun kechasiga  mitti odamlarning tadbirda ko‘ngilochar maqsadlarda yollangani sabab bo‘lmoqda. 
AS nashrining xabariga ko‘ra, mittilik bilan bog‘liq bo‘lgan “Axondraplaziya bilan og‘rigan odamlar” assotsiatsiyasi bu holatdan norozilik munosabatini bildirdi va futbolchiga nisbatan chora ko‘rishga va’da bergan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News