Qirg‘izistonda amaldorlarga yozda kostyum va galstuk taqmaslik tavsiya qilindi

Qirg‘izistonda amaldorlarga yozda kostyum va galstuk taqmaslik tavsiya qilindi
  • 7
  • 16.05.2026 09:41:00
  • 1 daq o'qish

Qirg‘iziston hukumati elektr energiyasini tejash maqsadida davlat xizmatchilari uchun yangi tartib joriy etdi. Endilikda yoz mavsumida amaldorlarga kostyum va galstukdan voz kechib, yengil ko‘ylakda ishlash tavsiya etiladi.

Bosh vazir Odilbek Qosimaliyevning ta’kidlashicha, bu chora ofislarda konditsionerlardan kamroq foydalanish va elektr sarfini kamaytirishga xizmat qiladi. U kostyum sabab xonalar ortiqcha sovutilayotganini qayd etdi. Hukumat bu borada Yaponiyaning “Cool Biz” tajribasini misol qilib keltirdi. Mazkur dastur doirasida yozda yengil kiyimda ishlash va konditsioner haroratini yuqori darajada ushlab turish orqali katta mablag‘ tejalgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda oxirgi besh yilda elektr energiyasi iste’moli 25 foizdan ortiq oshgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News