Kuz-qiş mavsumi uçun 1 mln sömlik yordam va kommunal kompensatsiyalar kimlarga beriladi?

Kuz-qiş mavsumi uçun 1 mln sömlik yordam va kommunal kompensatsiyalar kimlarga beriladi?
  • 21
  • 12.11.2026 11:00:00
  • 2 daq o'qish

Özbekistonda noyabrda isitiş mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş maqsadida bir milliondan ortiq ehtiyojmand oilaga 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam beriladi. Tegişli Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassisi Jasur Mirsaatov jurnalistlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
 
1 mln sömni kimlar oladi?

• ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
• reyestrga kiritilmagan, ammo “mahalla yettiligi” xulosasiga köra belgilangan ehtiyojmandlik meyorlariga mos keladigan oilalar;
• özgalar parvarişiga muhtoj va tegişli reyestrga kiritilgan yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar, şuningdek, yetim bolalar hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşaydigan oilalar.

Bunda reyestrga kiritilgan — özgalar parvarişiga muhtoj va tegişli reyestrga kiritilgan yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar, şuningdek, yetim bolalar hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşaydigan oilalar — heç qanday skoringdan ötmaydi.

Ijtimoiy reestrga kiritilmagan oilalar uçun asosiy şartlardan biri — bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan, ya’ni 1,43 mln sömdan oşmasligi kerak.

Markazlaştirilgan issiqlik ta’minotiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar uçun alohida meyorlar közda tutilgan. Qoraqalpoğiston va viloyatlarda bunday oilaning bir a’zosiga töğri keladigan örtaça daromad ham 1,43 mln sömdan oşmasligi, Toşkent şahrida esa 2,145 mln sömdan yoki minimal iste’mol xarajatlarining uç baravaridan oşmasligi kerak.
Şuningdek, 1-noyabrdan aholiga sotiladigan suyultirilgan gaz narxini bir kilogramm uçun 5 ming söm etib belgilaş nazarda tutilmoqda. Bunda ehtiyojmand oilalarga 2030 yil 1-yanvarga qadar oyiga 20 kilogrammgaça gazning har bir kilogrammi uçun 3 ming sömdan kompensasiya tölaş taklif etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News