
- 3
- 17.07.2024 15:29:00
- 1 daq o'qish
Raqobat qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘iga nisbatan “eng arzon narx” deya e’lon qilingan mahsulotlarining narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlaridagi narxlardan farq qilmasligi sabab ish qo‘zg‘atgandi.
16-iyul kuni mazkur ish bo‘yicha tinglov o‘tkazilib, unda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan Raqobat qo‘mitasiga ma’lumotlar taqdim etildi va tarmoq bosh direktori Rud Pedersen eng arzon narx dasturi doimiy olib borilishini ta’kidlab, “Biz hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymadik, deb hisoblaymiz”, dedi.
Shuningdek, u eng arzon narxlardagi tovarlar tanlovini muntazam va har kun taklif etish mahalliy chakana savdo madaniyatidagi yangi yondoshuv ekanini ta’kidladi.