
- 2
- 27.02.2025 08:53:00
- 1 daq o'qish

Koreyalik nogiron qiz o‘zining dissertatsiyasini harflarni birma-bir ko‘zini yumib yozish orqali yozdi va magistrlik darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. 37 yoshli Jang Ik-Sun besh yoshida mushaklari zaiflashib, asta-sekin harakat qilish qobiliyatini yo‘qotishga olib keluvchi davolab bo‘lmaydigan kasallik tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, u ta’lim olishga bo‘lgan intilishini to‘xtatmagan. U faqat ko‘z harakatlari va nutqi orqali muloqot qila oladi. “Har bir kitobni skanerlash juda mashaqqatli edi, lekin bu ularni o‘qishning yagona yo‘li edi”, dedi u bitiruv marosimida.
Qiz akademik faoliyatidan tashqari, Jang “Ik-sun Jang, 10 million marta ko‘z qisadigan odam” (@eyegamer1) nomli YouTube kanalini yuritib, ushbu kasallik haqida odamlarning xabardorligini oshirishga harakat qilmoqda. “Biz kabi mushak distrofiyasiga chalingan bemorlar jamiyat uchun go‘yo ko‘rinmasdek. Men ularni soyadan yorug‘likka olib kelmoqchiman” dedi u.