Ko‘k bichak

  • 4
  • 18.04.2024 14:04:00
  • 1 daq o'qish

💐Bahorni ko‘katli taomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida Navro‘z dasturxonining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan va sevib iste’mol qilinadigan “Ko‘k bichak”  retseptini sizlarga taqdim etamiz.

🥟Masalliqlar:

500 gr un
2 dona tuxum
150 gr yog‘
0.5 kg barra ko‘katlar ismaloq, jag‘-jag‘ va yalpiz
Piyoz 1 dona

👩🏻‍🍳Tayyorlash:

Chuqur idishga 2 ta tuxumni chaqib, tuz solib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 daqiqaga olib qo‘yiladi.
Xamirni mayda bo‘lakchalarga bo‘lib, yupqa qilib yoyib olamiz.
Bahorgi barra ko‘katlarni va piyozni to‘g‘rab, qovurib olamiz.
Yupqalarning yarmiga masalliqni solib, yarmi yopiladi va past olovda tovaga ozgina yog‘ solib, pishirib olamiz

🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif

Issiq yoki sovuq holda ta’bga ko‘ra sous bilan dasturxonga tortishingiz mumkin😍

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News