
- 3
- 06.02.2025 14:55:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachilar bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, shippak bilan urgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 2024-yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Videokuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarning birida tarbiyachi bolani shippak bilan urgani, oyog‘i bilan itarib yuborgani aks etgan.
Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.